Fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi
2026-10-30 17:20:00 / Fuqarolar qabuli

Fuqarolar murojaatlari joyida hal etildi
Piskent tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S. To‘lepov tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash va mavjud muammolariga yechim topish maqsadida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 4 nafar fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli masalalar joyida hal etildi.



