35-sessiya
2026-10-09 18:30:00 / Sessiya

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashining
o‘ttiz beshinchi sessiyasi
HUJJATLARI
2026-yil 9-oktabr
Piskent-2026
Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi o‘ttiz beshinchi sessiyasi
KUN TARTIBI
Loyiha
2026-yil 9-oktabr kuni
soat 16:00
Piskent tumani hokimligi majlislar zalida
1. Hisobot beruvchi: Piskent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (M.Miryunusov): Tuman byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
Asos: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-son qarori hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-25-17-10-142-K/26-son qarori.
2. Hisobot beruvchi: Piskent tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (M.Miryunusov): Tuman byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
Asos: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 126-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-son qarori hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 16-apreldagi VII-25-17-10-142-K/26-son qarori.
3. Hisobot beruvchi: Tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari (B.Sharapov): 2026-yilning 2-choragi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;
Asos: O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6, 24-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida” O‘RQ-1105-sonli qonuni, Byudjet kodeksining 27, 99-moddalari.
4. Hisobot beruvchi: Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari (B.Soatov): Piskent tumanida 2026-yilning ikkinchi mavsumida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida 157 ta ovoz to‘plagan, g‘olib deb topilmagan yigirma birinchi loyihani qo‘shimcha tarzda g‘olib deb e’lon qilish va mablag‘ yo‘naltirish, “deputat tashabbusi loyihasi - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tanloviga ko‘ra qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topilgan loyihalar” to‘g‘risida;
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori.
XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMAN KENGASHINING QARORI




