Tuman hokimining farmoyishi
2026-08-24 16:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Tumanda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlash munosabati bilan Markaziy o‘yingohga olib boruvchi avtomobil yo‘llarida transport harakatlarini vaqtinchalik cheklash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini shonli sanasini chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olish hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish sur’atlariga munosib tarzda nishonlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori va Toshkent viloyati hokimining 2026-yil 25-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 1/17-4-4061-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash hamda tuman Ichki ishlar bo‘limining 2026-yil 11-avgustdagi 25/42-463-sonli xatini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tumanda 2026-yil 26-avgust kuni “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida tashkil etiladigan asosiy tadbiri jarayonida harakat xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash orqali bayram tadbiriga keluvchi aholiga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
1.2026-yilning 26-avgust kuni “Lolaariq” MFYda joylashgan “Piskent tuman markaziy o‘yingohi”da soat 16:00 dan 23:00 ga qadar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan asosiy bayram tadbirini yuqori saviyada o‘tkazish hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Lolaariq” MFY hududidagi “Toy-tepa–Piskent” avtomobil yo‘lining markaziy ko‘chaga qayrilish, ko‘prik usti qismidan Piskent shahri markaziga qarab 200 metr masofa uzoqlikda umumiy ovqatlanish shoxobchasining old qismigacha bo‘lgan hududda transport harakatlari vaqtincha to‘xtatilsin.
3.Tuman Ichki ishlar bo‘limi (M. Mirzayev) bayramni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida yo‘l harakati, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rsin.
4. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi (Q. Ashirov) hamda tuman tibbiyot birlashmasi (A. Iskandarov):
favqulodda holatlarni oldini olish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilsin;
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar hamda tez tibbiy yordam avtomashinasi bilan ta’minlasin.
5. Saniratiya-epidimiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi tuman bo‘limi (A.Kadirov) hamda Milliy gvardiya tuman bo‘limi (D.Samarov) tadbir davomida belgilangan tartibda karantin qoidalariga rioya etilishi yuzasidan qat’iy nazorat o‘rnatilsin.
6. Mazkur farmoyish ijrosini nazorat qilish tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari B.Rashidov zimmasiga yuklansin.
