Piskent tumanida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari mahallalarda muhokama qilindi
2026-07-29 16:25:00 / Yo‘l harakati qoidalari

Piskent tumanida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish masalalari mahallalarda muhokama qilindi
"Xavfsiz va sog‘lom yurt" profilaktik tadbirlari doirasida Piskent tumani mahallalarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan uchrashuv va muhokamalar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yildagi 1-sonli "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Muhokamalar davomida mahallalar hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari atroflicha tahlil qilinib, ularning kelib chiqish sabablari, mavjud xavf omillari hamda bunday holatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, fuqarolar, haydovchilar va piyodalarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirish, ayniqsa, bolalar ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, ichki ko‘chalarda harakat xavfsizligini kuchaytirish hamda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Piskent tumanida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va har bir mahallada xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.



