RESPUBLIKA BOSQICHI KUMUSH MEDALI SOHIBASI!
2026-07-15 15:00:00 / Sport

TOSHKENT VILOYATI VAKILASI — RESPUBLIKA BOSQICHI KUMUSH MEDALI SOHIBASI!
“Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining kar va zaif eshituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika bosqichida para stol tennisi sport turi bo‘yicha Piskent tumani vakilasi Nargiza Akbarova yuksak mahorat, mustahkam iroda va g‘alabaga bo‘lgan qat’iy intilishni namoyon etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur muvaffaqiyat evaziga sportchimiz Toshkent viloyati delegatsiyasi hisobiga navbatdagi kumush medalni taqdim etib, viloyatimiz sharafini respublika miqyosida munosib himoya qildi.
Ushbu yuksak natija sportchining tinimsiz mehnati, fidoyiligi, matonati va professional tayyorgarligining yorqin samarasidir. Bu yutuq nafaqat Piskent tumani, balki butun Toshkent viloyati sporti uchun yana bir muhim muvaffaqiyatdir.
Nargiza Akbarovani ushbu munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!
