O'quv mashg‘ulot
2026-04-29 16:00:00 / Seminar

“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi, Qo‘riqlash bo‘limi hamda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida tuman hududidagi 4-sonli maktabda o‘quvchilar va pedagog xodimlar ishtirokida targ‘ibot hamda amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga zilzila sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish, o‘zini himoya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish hamda xavfsiz evakuatsiya qoidalari amaliy tarzda tushuntirildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha maxsus ko‘rgazmali mashqlar o‘tkazildi.
Bugun, 29-aprel kuni soat 10:50 da maktablarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida o‘quvchining pichoq bilan qurolli hujum sodir etishi bo‘yicha shartli uydurma xabar berildi hamda maktabga o‘rnatilgan tashvish tugmasi ishga tushirildi.
Chaqiruv bo‘yicha Piskent tumani IIB Qo‘riqlash bo‘limining tezkor harakatlanuvchi guruhi 3 daqiqa ichida voqea joyiga yetib kelib, shartli ravishda qurollangan shaxsni aniqladi, qurolsizlantirdi va zararsizlantirdi.
Shundan so‘ng, voqea joyiga yetib kelgan tuman IIBning tegishli tezkor-tergov guruhi tomonidan zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilar va maktab ishchi-xodimlari belgilangan rejaga muvofiq xavfsiz hududga evakuatsiya qilindi.
Mazkur tadbir soat 11:50 da yakunlandi.
Ushbu amaliy mashg‘ulot fuqarolarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, tezkor хизматлар shayligini oshirish hamda ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini mustahkamlashga xizmat qiladi.







