ZOYIR MIRZAYEV DO‘STLIK MAHALLASI AHLIDAN NEGA RANJIDI ?
2026-04-28 23:15:00 / Yangiliklar

ZOYIR MIRZAYEV DO‘STLIK MAHALLASI AHLIDAN NEGA RANJIDI ?
Toshkent viloyati hokimi Piskent tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari doirasida navbatdagi manzil sifatida Do‘stlik mahallasida bo‘ldi.
Mazkur mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari asosida jami 5,0 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar hisobidan quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgani ta’kidlandi:
Mahalla guzari markazini barpo etish, mahallaning markaziy yo‘lga olib chiquvchi qismini asfaltlash.
Viloyat hokimi mahalla nuroniylari va faollari bilan uchrashib, loyihalar bilan joyiga chiqqan holda tanishdi. Shuningdek, u aholi tomorqalaridan samarali va unumli foydalanish masalasiga alohida to‘xtalib, bu borada ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida ayrim xonadonlar tomorqalaridan yetarlicha foydalanmayotgani ma’lum bo‘lgach, viloyat hokimi bu holatdan biroz norozilik bildirdi va har bir xonadon o‘z tomorqasidan unumli foydalanishi lozimligini qayd etdi.
Do‘stlik mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.


