PISKENT TUMANI DELEGATSIYASI QOZONDA: SANOAT VA HAMKORLIK YO‘LIDA YANGI QADAMLAR
2026-04-18 12:55:00 / Yangiliklar

PISKENT TUMANI DELEGATSIYASI QOZONDA: SANOAT VA HAMKORLIK YO‘LIDA YANGI QADAMLAR
Piskent tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya ayni paytda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safar davomida delegatsiya Qozon shahridagi yirik sanoat majmualari, jumladan, “Ximgrad” texnopolisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. U yerda ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologiyalar va korxonalarni samarali boshqarish tajribasi o‘rganildi.
Uchrashuvlar jarayonida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, yangi ishlab chiqarish yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Ayniqsa, Piskent tumanida tashkil etilgan 100 gektarlik yangi sanoat zonasida qanday faoliyatni yo‘lga qo‘yish, investorlar uchun qulay muhit yaratish va zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar muhokama qilindi.
Mazkur xizmat safari Piskent tumanida sanoatni yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya muhitini yaxshilashga xizmat qilishi kutilmoqda.








