Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Mirzayev Muhammad Tursunpo‘latovichning tumanimiz aholisiga murojaati
2026-04-13 14:25:00 / Murojaatnoma
Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, polkovnik Mirzayev Muhammad Tursunpo‘latovichning tumanimiz aholisiga murojaati
Hurmatli yurtdoshlar!
Ma’lumki, respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, iqtisodiy rivojlanishga hamda ijtimoiy adolat tamoyillariga jiddiy zarar yetkazuvchi salbiy illat hisoblanadi. Shu bois bugungi kunda jamiyatimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan korrupsiya nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki adolat, ishonch va qonun ustuvorligiga ham putur yetkazadi. Shuning uchun unga qarshi kurashish har birimizning insoniy burchimizdir.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdiddir. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir. Shu bois bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda ‘favqulodda holat’ e’lon qilinadi”.
Korrupsiyaga qarshi kurash — bu faqat davlat organlarining vazifasi emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik mas’uliyatidir. Biz poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik va noqonuniy manfaat orttirishga qat’iyan qarshi turishimiz zarur.
Shu bois barcha fuqarolarimizni qonunlarga hurmat bilan qarashga, halollik va poklik tamoyillariga amal qilishga, har qanday korrupsion holatlarga befarq bo‘lmaslikka, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimiz asosida halol va pok insonlar etib tarbiyalashga chaqiramiz. Unutmaylik, halollik — jamiyat taraqqiyotining eng mustahkam poydevoridir. Korrupsiyasiz jamiyat — adolatli va farovon kelajak demakdir.
Shu munosabat bilan barcha fuqarolarni qonun ustuvorligini ta’minlashga, halollik va ochiqlik tamoyillariga qat’iy rioya etishga chorlaymiz. Har qanday korrupsion holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, poraxo‘rlik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyat manfaatlarini shaxsiy manfaatlardan ustun qo‘yish, xizmat vazifalarini halol, vijdonan va mas’uliyat bilan bajarish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida tegishli organlarga o‘z vaqtida xabar berish, yosh avlodni halollik, adolat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash eng asosiy vazifalarimizdan biridir.
Unutmaylik, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir fuqaroning faol ishtiroki jamiyatda qonuniylik va adolatni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Mazkur murojaat orqali barchangizni korrupsiyaga qarshi kurashishda faol fuqarolik pozitsiyasini egallashga chaqiramiz. Birgalikda harakat qilsak, jamiyatimiz taraqqiyotiga to‘sqinlik qilayotgan ushbu illatdan albatta xalos bo‘lamiz.
Shu bois, bu kurashda barchamiz faol bo‘laylik.
