Piskent tuman prokurori X. Maksudov tomonidan tumandagi axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
2026-03-17 15:05:00 / Yangiliklar

Piskent tuman prokurori X. Maksudov tomonidan tumandagi axborot-kutubxona markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, o‘zaro fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarga mavjud imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi.
Bundan tashqari, yurtimizda amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar, ularning hayotiy ifodasi hamda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish masalalari nazoratga olindi.
Tadbir so‘ngida prokuror tomonidan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.





