Piskent tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi
2026-03-25 12:00:00 / Sport

Piskent tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida shaxmat-shashka musobaqasi o‘tkazildi
Piskent tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida shaxmat va shashka turlari bo‘yicha mahalla bosqichi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqa Piskent tumanidagi Navoiy MFY yoshlari uchun o‘z aqliy salohiyatini namoyon etish, mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda do‘stona muhitda bellashish imkonini yaratdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir ishtirokchi uchun ushbu bellashuv nafaqat sinov, balki katta imkoniyat — g‘alabaga intilish, kuchli raqiblar bilan tajriba almashish va yangi yutuqlar sari dadil qadam bo‘ldi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.



