Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi
2026-03-04 10:15:00 / E'lon
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Piskent tuman Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi 2026-yil 6-mart kuni soat 16:00 da o‘tkazilishi ma’lum qilinadi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
-
Piskent tumani mahalliy byudjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida;
-
2025-yilning 12 oyi davomida mahalliy byudjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan hamda amalda to‘langan mablag‘lar, shuningdek, soliq qarzdorligi to‘g‘risida;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
Sessiyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tashkiliy choralar ko‘rilmoqda.
