Joriy yilning 12-fevral kuni Piskent tumanida o‘smirlar o‘rtasida “Vatanparvarlar musobaqasi”ga bag‘ishlangan tuman saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
2026-02-12 19:50:00 / Sport
Joriy yilning 12-fevral kuni Piskent tumanida o‘smirlar o‘rtasida “Vatanparvarlar musobaqasi”ga bag‘ishlangan tuman saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sport tadbirida tumandagi 41 ta umumta’lim maktabidan kelgan o‘quvchi yoshlar faol ishtirok etib, o‘z jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviy harakatlarda mahoratini namoyish etdilar.
Musobaqaning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, vatanparvarlik ruhini mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar yakunida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlar keyingi bosqich musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, tuman sharafini himoya qilish huquqiga ega bo‘ldilar.
