KORRUPSIYA VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH
2026-02-16 12:20:00 / Murojaatnoma
KORRUPSIYA VA GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH
Jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatlardan biri korrupsiya bo‘lsa, ikkinchisi giyohvandlikdir.
Korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazsa, giyohvandlik nafaqat inson salomatligi, balki jamiyat xavfsizligi va barqaror rivojlanish uchun ham jiddiy tahdid hisoblanadi.
Shuning uchun bu har ikkala xavfli illatga qarshi kurash, uning ildiz otib, tomir yoyib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yoshlarimizda maktab davridan boshlab korrupsiya va giyohvandlik illatiga qarshi ma’naviy immunitetni hosil qilishimiz zarur.
Albatta, buning uchun yoshlarimiz va o‘quvchilar o‘rtasida jamiyat va taraqqiyotimiz kushandasi bo‘lgan korrupsiya va giyohvandlik keltiradigan zararlar hamda uning oqibatlari to‘g‘risida keng ko‘lamdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishimiz zarur.
Hozirgi kunda tumanimizdagi barcha umumta’lim maktablarida bu borada o‘tkazilayotgan tadbirlar o‘quvchi yoshlarda ushbu illatning zararli oqibati haqida ma’lumotga ega bo‘lish bilan birga ularning qalbida korrupsiya va giyohvandlik balosiga qarshi kurash tuyg‘usini kuchaytirishga yordam bermoqda.
Bu kabi tadbirlar tumanimizdagi 4, 6, 8, 12, 32, 40, 41 va 42-sonli maktablarda alohida tayyorgarlik va yuqori saviyada o‘tkazilgani diqqatga sazovordir.
