Payariq xalqaro ekspertlar nigohida
2026-06-09 19:10:00 / Yangiliklar

“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tumanlar” konsepsiyasi asosida hududlarning fazoviy rejalarini hamda hududiy fazoviy strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro konsultantlar guruhi Payariq tumaniga tashrif buyurdi.
Tuman hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda loyiha maqsad va vazifalari, mavjud ma’lumotlar tahlili, mahalliy rivojlanish rejalari va yirik loyihalar, hududning asosiy muammolari hamda rivojlanish imkoniyatlari, shuningdek, istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Tashrif davomida xalqaro ekspertlar — Paul Mulé, Maria Soler, Laura Martínez, Victor Ramírez, Raky Julio Castillo va Laylo Mirdjalilova tumandagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Payariq bugun nafaqat o‘zgarayotgan, balki kelajakni rejalashtirayotgan hudud sifatida xalqaro ekspertlar e’tiborida.
