Payariq tumani hokimi Shunqor Xudayberdiyevning tuman aholisiga MUROJAATI
2026-06-12 11:55:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Hurmatli payariqliklar!
Bugungi kunda giyohvandlik balosi nafaqat bir insonning, balki butun oila va jamiyatning kelajagiga jiddiy xavf solayotgan eng og‘ir illatlardan biridir. Ushbu zararli odat inson salomatligini yemiradi, uning hayotiy maqsadlari va orzu-intilishlarini barbod qiladi, oilalarda nizolar, ajrimlar hamda turli jinoyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi shaxslarda ruhiy tushkunlik, tajovuzkorlik, xotira susayishi, mehnat qobiliyatining pasayishi va turli og‘ir kasalliklar kuzatiladi. Eng achinarlisi, bu illat yoshlarimizning kelajagiga putur yetkazib, ularni jamiyatdan uzoqlashtiradi.
Aziz tumandoshlar!
Farzandlarimizning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga, ilm-fanga, kasb-hunarga va kitobxonlikka keng jalb etish orqali giyohvandlikning oldini olishimiz mumkin. Har bir ota-ona farzandining tarbiyasi, do‘stlari va kundalik mashg‘ulotlariga befarq bo‘lmasligi lozim.
Barchangizni giyohvandlikka qarshi kurashishda faol bo‘lishga, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga va yosh avlodni ushbu balodan asrash yo‘lida birlashishga chaqiraman. Zero, sog‘lom avlod – yurtimiz taraqqiyoti va kelajagining mustahkam poydevoridir.
Keling, farzandlarimizning baxtli va porloq kelajagi uchun giyohvandlikka nisbatan murosasiz bo‘laylik!
Hurmat bilan,
Payariq tumani hokimi
Shunqor Xudayberdiyev
