PAXTAOBOD O‘G‘LONIDAN YUKSAK NATIJA!
2026-11-02 17:20:00 / Yangiliklar
“Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarida yunon-rum kurashi bo‘yicha 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan paxtaobodlik Ahmadjonov Hamidullo Omonillo o‘g‘li faxrli II o‘rinni egallab, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mazkur natija sportchining tinimsiz mehnati, qat’iyati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi samarasidir. Shuningdek, uning murabbiyi va otasi Mamatqulov Omonilloning fidokorona mehnati, ustozlik mahorati hamda doimiy qo‘llab-quvvatlashi ham ushbu yutuqda muhim o‘rin tutadi.
Hamidullo Ahmadjonovni erishgan yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi musobaqalarda yanada yuksak natijalarga erishib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarishiga tilakdoshmiz.




