PAXTAOBOD TUMANI IIB BOSHLIG‘I SOTVOLDIYEV SHUKURILLO XAYRULLAEVICHNING TUMAN AHOLISIGA “PROFILAKTIK OGOHLANTIRUV MUROJAATI”
2026-10-19 18:45:00 / MUROJAATNOMALAR

Muhtaram Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvar kungi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori xamda “2026-yilda Respublika maxallalarida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2-sonli qarorlari xar bir soxaning aniq vazifalarini belgilab berdi.
Paxtaobod tumanida 2026-yilning 9 oyi davomida jami 249 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, tuman aholisining, xar 100 ming nafariga nisbatan olganda 115,6 tadan to‘g‘ri keladi. Shundan, aniqlanadigan jinoyatlar 149 ta, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar 89 ta, axborot texnologiyalari soxasida sodir etilgan jinoyatlar 11 tani tashkil qiladi.
Olib borilgan profilaktik chora–tadbirlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi sababli:
Qasddan odam o‘ldirish 2 taga, Nomusga tegish 2 taga, talonchilik 1 taga, o‘g‘irlik 9 taga, o‘lim bilan bog‘liq YTHlar 3 taga, bezorilik 1 taga, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish 9 taga ortib ketishiga yo‘l qo‘yildi.
Bosqinchilik, avtotransport vositasini olib qochish bilan bog‘liq jinoyatlar sodir sodir etilmadi.
Shuningdek o‘tkazilgan tezkor-tadbirlar natijasida, tergov va sud organlaridan qochib yashirinib yurgan 40 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
O‘tgan 9 oy davomida giyohvand va psixotrop moddalarni noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 56 ta, ekstrimizm bilan bog‘liq 18 ta, poraxo‘rlik bilan bog‘liq 4 ta, qimroxona tashkil qilish bilan bog‘liq 6 ta, noqonuniy qurol saqlash 2 ta, odam savdosi bilan bog‘liq 2 ta va qo‘shmachilik bilan bog‘liq 9 ta holatlar aniqlandi.
2026 yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha, tumandagi 61 ta mahallalardan 7 tasi “qizil” 17 tasi “sariq” va 37 tasi “yashil” toifaga kiritildi.
Shuningdek, tuman xududida “Tig‘” profilaktik tadbirlari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda, o‘tkazilgan tadbirlar davomida 204 dona Tig‘li buyumlar olindi.
Oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror bo‘lishiga erishish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida bo‘lim xodimlari tomonidan 401 marotaba targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 8883 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilib, ijtimoiy muammolari bartaraf etish yuzasidan maxalla yettiligi tomonidan profilaktik ishlar olib borilmoqda. Olib borilgan ishlar natijasida 7986 nafar fuqarolarni muammolari xal qilinib, qo‘shma xulosalar tuzildi xamda, ijtimoiy profilaktika ob’ekti sifatida ro‘yhatdan chiqarildi.
2026-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlarni turli xil tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida 244 nafar xotin qizlarga himoya orderlari berildi.
