PAXTAOBOD POLVONLARI — G‘ALABA BILAN!
2026-10-19 18:35:00 / Yangiliklar
Paxtaobod tumani 1-son sport maktabi tarbiyalanuvchilari 2026-yil 14–17-oktabr kunlari Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida bo‘lib o‘tgan belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasida yuksak natijalarga erishib, 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Jumladan, Solijonov Sardorbek, Madaminjonov Madiminjon va Ahmadjonov Mo‘minjon oltin medalga, Ismoiljonov Ummatillo esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Paxtaobod tumani hokimligi nomidan aziz sportchilarimizni, ularning ota-onalari hamda ustoz-murabbiylari X. Hamzaxo‘jayev, U. Mamtirayimov va M. Salaevlarni ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz!
Barcha sportchilarimizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, omad va kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!





