INTENSIV BOG‘DA YANGI LOYIHALAR MUHOKAMA QILINDI
2026-09-26 17:00:00 / Yangiliklar
Paxtaobod tumani hokimi Navbahor mahallasi hududida joylashgan “E20 Investment Limited” kompaniyasiga qarashli intensiv bog‘da bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrif davomida intensiv bog‘ hududida amalga oshirilayotgan yangi qo‘shimcha loyihalar, ularning istiqbollari hamda ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish borasida fikr almashildi.
Shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish jarayonlari yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.




