YOSHLAR BILAN SAMIMIY MULOQOT O‘TKAZILDI
2026-08-24 14:05:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan Paxtaobod tumanidagi 1-son texnikumida tuman hokimi, tuman prokurori, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarning bugungi kundagi muammolari, taklif va tashabbuslari, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq va samimiy muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, o‘z takliflarini bildirdilar. Bildirilgan murojaatlarni ijobiy hal etish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Tadbir yakunida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, bilim va kasb egallab, jamiyat hayotida faol ishtirok etish muhimligi ta’kidlandi.




