60V127 AVTOMOBIL YO‘LIDA QURILISH VA TA’MIRLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-08-17 13:50:00 / Yangiliklar
Paxtaobod tumanidagi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 60V127 avtomobil yo‘lida qurilish va ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Ayni paytda yo‘lni kengaytirish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini yanada yaxshilash, yo‘lning o‘tkazuvchanlik imkoniyatlarini oshirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan.
Shuningdek, yo‘l atrofini tartibga keltirish va mavjud infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ham tegishli ishlar olib borilmoqda.
