“YANGI O‘ZBEKISTON” YANGILANAYOTGAN PAXTAOBOD TUMANIDA PRESS-TUR TASHKIL ETILDI
2026-08-10 17:55:00 / Press-relizlar

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish va infratuzilmaviy loyihalar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.
Unda jurnalist va blogerlar tumanda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy soha obyektlari, yo‘l-transport infratuzilmasi, zamonaviy turar joylar, xizmat ko‘rsatish majmualari hamda mahallalarni yangilashga qaratilgan loyihalar bilan bevosita tanishdilar.
Bugun Paxtaobod tumanida aholi uchun qulay va zamonaviy yashash sharoitlarini yaratish, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ta’lim va sport obyektlarini modernizatsiya qilish, yo‘l va transport tizimini yaxshilash hamda xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish borasida qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim — taraqqiyotning muhim omili
Press-tur ishtirokchilari dastlab Paxtaobod tumani 2-son umumta’lim maktabida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdilar.
Ta’lim muassasasining mavjud 624 o`rinli binosi qayta rekonstruksiya qilinib, qo‘shimcha 450 o‘rinli yangi bino barpo etilgan. Loyihaning umumiy qiymati 15 milliard 576 million so‘mni tashkil etadi.
Loyihaning buyurtmachisi — “Yagona buyurtmachi xizmati” IK DUK, quruvchi tashkilot — “Ilg‘or San tex” MCHJ.
Yangi binoda o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sharoitlar yaratilgan. Mazkur ishlar maktabning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Mahallalar zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
“Teraktagi” MFY hududidagi Kamolot va Mukanna ko‘chalari yo‘l bo‘ylarida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilma ishlari olib borilmoqda.
Bu yerda zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, mahalla guzarini barpo etish uchun zarur infratuzilmani yaratish, yo‘llarga asfalt yotqizish, manzarali va dekorativ yoritish chiroqlarini o‘rnatish, o‘rindiqlar hamda chiqindi qutilarini joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihalar mahallalarda yashovchi aholi uchun qulay muhit yaratish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan.
4,7 kilometrlik yo‘l zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda
Tumanning transport infratuzilmasini rivojlantirish borasida ham muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Paxtaobod tumanidan o‘tuvchi 60V-127 avtomobil yo‘lining 4,7 kilometrlik qismini to‘rt tasma qilib qayta qurish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida zamonaviy tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, maxsus piyodalar va velosiped yo‘laklarini tashkil etish, yo‘l bo‘ylarida yashil hududlarni barpo etish ko‘zda tutilgan.
Loyihaning qiymati 28 milliard so‘m bo‘lib, buyurtmachi — Yo‘llardan foydalanish UK, quruvchi — “Shams qurilish” MCHJ.
Ushbu loyiha tumandagi transport harakatini yanada qulay va xavfsiz tashkil etish, piyodalar hamda velosipedchilar uchun zamonaviy infratuzilma yaratishda muhim ahamiyatga ega.
“Nodirabegim” — yangi qiyofa sari
“Nodirabegim” mahallasida hudud infratuzilmasini modernizatsiya qilish, mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Loyiha “Yangi O‘zbekiston” qiyofasidagi mahalla konsepsiyasi asosida olib borilmoqda.
Loyihaning qiymati 5 milliard so‘m bo‘lib, buyurtmachi — Yo‘llardan foydalanish UK, quruvchi tashkilot — “Oltin atirgul” MCHJ.
Hududda yo‘l va obodonlashtirish infratuzilmasini yaxshilash, jamoat joylarini tartibga keltirish hamda mahallaning me’moriy qiyofasini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Eko bozor” — yangi savdo majmuasi
“Nodirabegim” mahallasida tashkil etilayotgan “Eko bozor” majmuasi ham press-tur ishtirokchilariga taqdim etildi.
Loyiha 4,5 gektar maydonda amalga oshirilmoqda. Buyurtmachi — Andijon viloyati hokimligi, quruvchi tashkilot — “Samo” MCHJ.
Majmuaning tashkil etilishi hududda savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda aholiga qulay xizmat ko‘rsatish sharoitlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Ma’rifat mahallasida zamonaviy uylar qad rostlamoqda
Tumanda zamonaviy uy-joylar qurilishi va yangi turar joy massivlarini barpo etish borasida ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, “Ma’rifat” mahallasida Xitoy investorlari tomonidan 1,95 gektar maydonda zamonaviy ko‘p qavatli uylar qurilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 15 million AQSH dollari bo‘lib, loyiha “Yuan Tong Mega Construction” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur investitsiyaviy loyiha tumanda zamonaviy uy-joy fondini kengaytirish, aholining turar joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda hududning shaharsozlik qiyofasini yangilashga xizmat qiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi zamonaviylashtirilmoqda
“Shomat” mahallasida joylashgan 18-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ham rekonstruksiya qilinmoqda.
Loyiha doirasida mavjud bino zamon talablariga moslashtirilishi, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur sharoitlar yaratilishi hamda muassasa zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Loyihaning qiymati 6 milliard 150 million so‘m bo‘lib, qurilish ishlarini “Zubayr lyuks” MCHJ olib bormoqda.
Yoshlar uchun zamonaviy sport majmuasi
Press-tur doirasida “Mustahkam” mahallasida joylashgan 43-son umumta’lim maktabida barpo etilgan sport majmuasining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.
Qiymati 1 milliard 500 million so‘m bo‘lgan loyiha doirasida o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasi yaratildi.
Loyihaning buyurtmachisi — “Yagona buyurtmachi” IK, quruvchi tashkilot — “Milano qurilish” MCHJ.
Yangi sport majmuasi yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Yangilanishlar OAV nigohida
Press-tur davomida jurnalist va blogerlarga tumanda amalga oshirilayotgan loyihalarning mazmun-mohiyati, qurilish jarayonlari, yaratilayotgan sharoitlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari obyektlarni bevosita joyiga chiqib ko‘zdan kechirish, mas’ul mutaxassislar bilan suhbatlashish hamda loyihalar yuzasidan zarur ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tashkil etilgan press-tur orqali Paxtaobod tumanida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi infratuzilma obyektlari hamda aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar keng jamoatchilikka yetkazildi.
Eng muhimi, bu loyihalar ortida inson qadri, aholi farovonligi va hudud taraqqiyoti mujassam. Yangi ta’lim muassasalari, zamonaviy sport obyektlari, yangilanayotgan yo‘llar, obod mahallalar, zamonaviy uy-joylar va xizmat ko‘rsatish majmualari Paxtaobodning bugungi qiyofasini o‘zgartirib, uning kelajakdagi taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.
“Yangi O‘zbekiston” g‘oyasi asosida yangilanayotgan Paxtaobod — bunyodkorlik, obodlik va yangi imkoniyatlar maskaniga aylanib bormoqda.