YOSHLAR BANDLIGI VA KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
2026-07-30 15:40:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Paxtaobod tumani hokimi 69-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, zamonaviy kasblarni egallashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash bo‘yicha davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil suhbat olib borildi.
Shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga ushbu yoshlarning qiziqishi va salohiyatidan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda doimiy nazorat asosida manzilli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
