TINCHLIK MAHALLASIDA ICHKI KO‘CHALARNI ASFALTLASH ISHLARI YAKUNLANMOQDA
2026-07-13 18:55:00 / Yangiliklar
Paxtaobod tumanining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Tinchlik mahallasida yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Ayni kunlarda mahalla ichki ko‘chalarining 4 kilometr qismi asfaltlashtirilib, qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetdi.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining kundalik hayotiga qulaylik yaratish, transport qatnovini yaxshilash hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Mahalla ahli amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan mamnun ekanliklarini bildirib, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorliklarini izhor etmoqda. Shuningdek, mahalla nuroniylari yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va ezgu islohotlar bardavom bo‘lishini tilab, duoyi xayr qilishmoqda.

