KO‘P QAVATLI UYLARNI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
2026-07-11 09:05:00 / Yangiliklar
Paxtaobod tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Muazzinboy mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarda belgilangan reja asosida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida uylarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, tom qoplamalari, kirish yo‘laklari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini soz holatga keltirish choralari ko‘rilmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar jadallashtirilgan.