TUMAN HOKIMI “ZMM-PRO TEKSTIL MCHJ” FAOLIYATI BILAN TANISHDI
2026-02-18 15:05:00 / Yangiliklar

TUMAN HOKIMI “ZMM-PRO TEKSTIL MCHJ” FAOLIYATI BILAN TANISHDI
Tuman hokimi Shovruq mahallasi hududida o‘z faoliyatini boshlayotgan “ZMM-PRO TEKSTIL” MCHJ korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari hamda ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur korxona sintetik qop ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, zamonaviy texnologiyalar asosida faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilgan. Korxonaning ishga tushirilishi natijasida hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalliy sanoat salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Tashrif davomida ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar, xomashyo ta’minoti va mahsulot sifati masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi, ishchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, maishiy xonalar va sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.







