Paxtakor tumanida “Paxtakor Sifat Yog‘” MCHJ QK o‘z faoliyatini qayta tikladi
2025-09-29 14:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida joylashgan “Paxtakor Sifat Yog‘” mas’uliyati cheklangan jamiyati qo‘shma korxonasi o‘z ishlab chiqarish faoliyatini qayta yo‘lga qo‘ydi. Uzoq tanaffusdan so‘ng korxona o‘z faoliyatini tiklab, yana ishlab chiqarish jarayonlarini boshladi.
Tuman hokimi boshchiligidagi ishchi guruh korxonada bo‘lib, mavjud holat va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida korxonani qiynab kelayotgan oqava suv tarmog‘iga ulanish masalasi ko‘tarilib, bu borada mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, korxonani yangi ishchi-xodimlar bilan ta'minlash, mahalliy aholining bandligini oshirish bo‘yicha ham tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.
Mazkur korxonaning faoliyatini tiklashi natijasida hududda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ortadi va mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.








