Paxtakor tumanida U-15 “Sport maktablari futbol ligasi” Jizzax viloyat bosqichi yakunlandi
2025-09-08 10:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida 2010-yilda tug‘ilgan futbolchilar (U-15) o‘rtasida o‘tkazilgan “Sport maktablari futbol ligasi” O‘zbekiston kubogi Jizzax viloyat bosqichi musobaqalari o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning yopilish marosimida Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari, Jizzax viloyati futbol assotsiatsiyasi rahbariyati, Paxtakor tumani sport maktabi direktori hamda hududdagi taniqli futbol faxriylari ishtirok etdilar.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – Do‘stlik tumani sport maktabi
🥈 2-o‘rin – Zomin tumani sport maktabi
🥉 3-o‘rin – G‘allaorol tumani sport maktabi jamoalari tomonidan qo‘lga kiritildi.
Shuningdek, turnir davomida o‘zini ko‘rsatgan eng yaxshi futbolchilar va jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqa yosh futbolchilar o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda futbolga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.









