Paxtakor tumani IIB boshlig‘i polkovnik Yoqubjon Ne’matovich Akaboyevning MUROJAATNOMASI
2025-09-06 10:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum,
Hurmatli yurtdoshlar.
Kiberjinoyatlar, ya’ni axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoiy tajovuzlar.
Bu turdagi jinoyatlar zamon va makon tanlamasligi va masofadan turib sodir etilayotganligi sababli ish faoliyatimizda anchayin qiyinchiliklarni tug‘dirmoqda.
Joriy yilning 8 oyida jami 32 ta jinoyatlar qayd etilib, asosan kibero‘g‘rilik 32 hisoblanadi.
Jinoyatchilar fuqarolar ishonchiga kirish maqsadida sun’iy intellektdan foydalanib, mashhur insonlarning soxta videolarini tayyorlashmoqda.
Kiberjinoyatlarni oldini olish bo‘yicha ko‘plab ishlar qilinmoqda, lekin afsuski aholiga haligacha yetkazib berolmayapmiz.
Bu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli fuqarolarda kiberjinoyatlarga qarshi immunitetni shakllantirishdir. Bizni ishonuvchanligimiz, oson boylik orttirishga bo‘lgan qiziqishimiz bu qopqonga tushishimizga sabab bo‘lmoqda.
