“Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur!” shiori ostida kurash musobaqasi bo‘lib o‘tadi
2025-09-05 10:00:00 / Yangiliklar

#DIQQAT_musoboqa
📅 2025-yil 6-sentabr kuni soat 9:00 dan boshlab Jizzax viloyati Paxtakor tumanida sportning “Kurash” turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida ochiq tuman birinchiligi o‘tkaziladi.
🏆Musobaqa Paxtakor tumani hokimligi va tuman prokuraturasi tashabbusi bilan, “Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur!” shiori ostida tashkil etilmoqda.
🔹 O‘g‘il bolalar uchun vazn toifalari:
42 kg, 46 kg, 50 kg, 55 kg, 60 kg, +60 kg
🔹 Qizlar uchun vazn toifalari:
33 kg, 40 kg, 48 kg, +48 kg
📍 Manzil: Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Madaniyat markazi”
📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
B. Gayratov: +998 93 305 70 70
S. Babayev: +998 93 305 58 58
Barcha sport ishqibozlarini va yoshlik polvonlarini ushbu musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz!
