Paxtakor tumani Samarqand mahallasida ko‘p qavatli uylar rekonstruksiya qilinmoqda
2025-09-04 10:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Samarqand mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uylar BASALT qoplamalari yordamida bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinmoqda.
🏗 Rekonstruksiya ishlari doirasida uylarning tashqi fasadlari zamonaviy va energiya tejamkor materiallar bilan qoplanmoqda. Bu ishlar aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va bino energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
💡 Shu bilan birga, tuman hududida komunal sohalarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham olib borilmoqda. Isitish tizimlari, ichimlik suvi tarmoqlari, elektr va gaz ta’minoti holati ko‘zdan kechirilmoqda va zarur ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur ishlar tumanda aholining farovonligi, xavfsizligi va barqaror turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan.









