Paxtakorda “Qo‘sha qarish saodati” tadbiri o‘tkazildi
2025-09-02 17:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi PQ-167-sonli Qarorining 3-ilova 13-bandiga muvofiq, uzoq yillar birga hayot kechirib, oilaviy sadoqat namunasi bo‘lgan keksalar hayotini yoshlarga ibrat qilish maqsadida “Qo‘sha qarish saodati” tadbirlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilmoqda.
🟡 Shunday tadbirlardan biri “Nuroniy” jamg‘armasi Paxtakor tuman bo‘limi tomonidan tashkil etilib, Olmazor mahallasida istiqomat qiluvchi Jaynaqov Xudoyberdi ota va Jaynaqova Xabiba onaning 55 yillik baxtli hayot yo‘li munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.
🎉 Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Sh.Normaxammatov, Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari F.Qo‘ldoshev, mahalla faollari hamda mahalla ahli ishtirok etdi.
🥻 Xudoyberdi ota va Habbiba onamizga zarduzi to‘n kiygizilib, samimiy tabriklar bildirildi. Shoira G. Usmonova o‘zining she’rlarini o‘qib berar ekan, tadbirga alohida ruh bag‘ishladi. Faol nuroniy A.Burxanov ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa mehmonlar va ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.
🗣 Tadbir davomida nuroniylarga yurtimizda ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor, ularning jamiyatdagi o‘rni va bunday ibratli uchrashuvlar muntazam tashkil etilayotgani alohida ta’kidlandi.









