Paxtakor tumanida paxta mavsumiga tayyorgarlik ko'rilmoqda
2025-08-21 18:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning avgust oyida Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari G. Normurodova ishtirok etdi. Uchrashuvda 2025-yilgi paxta yig‘im-terim mavsumi oldidan tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
Tadbirda tumandagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari, terim otryadlari boshliqlari, mahalla faollari va boshqa mutasaddilar qatnashdi. G. Normurodova yig‘ilishda paxta terimi jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilish va yig‘im-terim mavsumini o‘z vaqtida va samarali yakunlash bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavsum oldidan zarur resurslar — transport vositalari, yoqilg‘i, texnika, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minot masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda terimchilarning mehnatini rag‘batlantirish, ularni ijtimoiy himoya qilish va mavsumda samarali ishtirokini ta’minlash yuzasidan ham muhim choralar belgilandi.




