Jizzax viloyatida “Fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish muammolari va vazifalari” mavzusida amaliy konferensiya o‘tkazildi
2025-08-19 16:00:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyatida “Fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish muammolari va vazifalari” mavzusida amaliy konferensiya o‘tkazildi
Paxtakor tumanida Jizzax viloyati Fermerlar Kengashi tomonidan fermer xo‘jaliklarida ko‘p tarmoqli faoliyatni rivojlantirish muammolari va vazifalari mavzusida amaliy konferensiya tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Zafar Ro‘ziyev, O‘zbekiston Fermerlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Komiljon Sobirov, Jizzax viloyati Fermerlar Kengashi raisi Anorboy Eshmatov hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
Konferensiyada mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan ilg‘or fermerlar rag‘batlantirildi. Shuningdek, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar va amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida faoliyati davomida ulkan yutuqlarga erishgan 8 nafar namunali fermer xo‘jaliklari rahbarlari “Ilg‘or fermer” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.









