Paxtakor tumani Oqbuloq mahalla hududida yo'l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
2025-08-18 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Oqbuloq mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli Yangimassiv aholi punktida joylashgan Tabassum ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur ko‘chada jami 165 metr uzunlikdagi ichki yo‘l asfaltlashtirildi.
Mazkur ishlar mahalla aholisi uchun qulaylik yaratish, harakatlanishni yengillashtirish hamda hudud infratuzilmasini zamonaviylashtirish maqsadida amalga oshirildi.






