"Inson qadri uchun" shiori ostida: Paxtakor tumani IIB xodimlari kitobxonlik tadbirida ishtirok etdi
2025-08-15 15:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning avgust oyi respublika ichki ishlar organlarida "Inson qadri uchun" shiori ostida "Ijtimoiy himoya" oyligi sifatida o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Paxtakor tumani IIB shaxsiy tarkibi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, tuman IIB xodimlari tuman markazidagi Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurib, yangidan olib kelingan o‘zbek va jahon adabiyoti durdona asarlari bilan tanishdilar.
Tadbir ishtirokchilari o‘zlariga manzur bo‘lgan mualliflar asarlarini kutubxonada o‘qish bilan bir qatorda, elektron formatda ham foydalanish imkonini beradigan a’zolikka ega bo‘ldilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar xodimlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




