Jizzax viloyati Kubogi – voleybol musobaqasi yakunlandi!
2025-08-14 10:30:00 / Yangiliklar

🇺🇿 VM-65 va VM-118 qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 12–13-avgust kunlari Viloyat sportning o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi sport zalida U-14 o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Jizzax viloyati Kubogi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa qizg‘in bellashuvlar va jonli raqobat ruhida o‘tdi. Natijalar quyidagicha:
🏟 U-14 o‘smirlar:
🥇 1-o‘rin — Zarbdor tumani
🥈 2-o‘rin — Paxtakor tumani
🥉 3-o‘rin — Zafarobod tumani
🏟 U-14 o‘smir qizlar:
🥇 1-o‘rin — Zarbdor tumani
🥈 2-o‘rin — Paxtakor tumani
🥉 3-o‘rin — G‘allaorol tumani 1-son sport maktabi
🎖 G‘olib va sovrindorlar Voleybol federatsiyasi Jizzax viloyati bo‘limi ijrochi direktori E. Abdunazarov tomonidan taqdirlandi.





