Paxtakor tumanida takroriy ekinlardan unumli foydalanilmoqda
2025-08-14 15:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanidagi ilg‘or fermer xo‘jaliklari tomonidan g‘alladan bo‘shagan yer maydonlaridan samarali foydalanilmoqda. Ayniqsa, takroriy ekinlarni o‘z vaqtida ekish va ularni sifatli parvarishlash orqali yillik hosildorlik sezilarli darajada oshirilmoqda.
Yaqinda Paxtakor tumani Fermerlar kengashi mutaxassisi Abjambilov Bunyod hamda markaziy agronom Ochilov Tolib tomonidan tumandagi faol fermer xo‘jaliklari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish, ularni parvarishlash, biologik himoya vositalaridan foydalanish, shuningdek, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali daromadni oshirish masalalari muhokama qilindi.
Seminar davomida "Tozza urug‘ dalasi" fermer xo‘jaligi faoliyati namuna sifatida ko‘rsatildi. Ushbu xo‘jalik tomonidan g‘alladan bo‘shagan 50 gektar yer maydonining 40 gektariga mosh dukkakli ekini ekilgan. Ekinlarga zarar yetkazuvchi hashoratlar va kasalliklarga qarshi kurashishda biologik preparatlardan foydalanish afzalliklari seminar qatnashchilariga tushuntirildi.
Bundan tashqari, 10 gektar yer maydoniga eksportbop gulkaram ko‘chatlari ekilib, yer resurslaridan samarali foydalanish va qo‘shimcha daromad olish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tajriba seminar ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.






