Paxtakor tumani hokimi Ashurov Asilbek Rahmonovich “Gʻalaba” mahallasi hududida joylashgan.PAXTAKOR TEKS” MCHJ QKga tashrif buyurdi
2025-08-06 16:00:00 / Yangiliklar

Korxona Abduraxmonov Ilxomjon Tursunovich rahbarligida 4 bosqichda ishga tushirildi 1-bosqich-2019 yil, 2-bosqich-2020 yil, 3-4-bosqich-2024 yil.
Korxona 1-2-bosqichni 2019 yilda umumiy qiymati 22,3 mln.dollar (shundan, 8,9 mln.dollar horijiy kredit, 4,0 mln.dollar xorijiy investisiya va 9,4 mln.dollar o‘z mablag‘i) bo‘lgan, ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushirib, 480 nafar ish o‘rni yaratgan hamda yiliga 7,5 ming tonna ip kalava mahsulotlari ishlab chiqarish boshlangan, shuningdek, 2020 yil Zarbdor tumanida paxta yetishtirish va tola ishlab chiqarishni tashkil etib, 220 nafar ish o‘rni yaratgan hamda 28 396 tonna paxta xom-ashyosini yetishtib, qayta ishlashga yo‘naltirgan;
3-4-bosqichni 2024 yilda umumiy qiymati 26 mln.dollar (shundan, 14,2 mln dollari horijiy kredit, 11,8 mln.dollar o‘z mablag‘i) bo‘lgan, ip kalavadan mato ishlab chiqarish va unga rang berish loyihasini ishga tushirib, 600 nafar ish o‘rni yaratgan hamda yiliga 7,5 ming tonna mato mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilgan.









