KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BOLALAR NAFAQASINING HAR OYLIK MIQDORI OSHDI
2025-08-01 12:30:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni imzolandi.
💵 Unga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan boshlab pensiyalar va nafaqalar hamda kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari 10 foizga oshiriladi.
⏺️ Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming so‘m, nogironlik pensiyasi 1 million 12 ming so‘mni tashkil etadi.
⏺️ Kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
➖ 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m,
➖ 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m,
➖ oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
➖ oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m;
⏺️ Kam taʼminlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 so‘m etib belgilandi.
✅ 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi.
✅ Yaʼni, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi.
B.Xamrayev,
Paxtakor tumani "Inson "ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy to`lovlar sho`basi bosh mutaxassi.
