Paxtakor tumanida tabiiy gaz taʼminotida olib borilayotgan ishlar
2025-07-31 09:10:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida tabiiy gaz taʼminotida olib borilayotgan ishlar, foydalanishni limit doirasida yetkazib berish, tabiiy gaz to‘lovlaridagi taʼriflar va tabiiy gaz taʼminotini yaxshilash borasida kelgusidagi rejalar
Paxtakor tumani hududidagi tabiiy gaz iste’molchilarida mavjud bo‘lgan debitor qarzdorliklarni undirish yoki tarmoqdan uzish choralarini ko‘rish, qabul qilingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz xajmlari o‘rtasida kelib chiqqan tafovutlarni (debalans) aniqlash va bartaraf etish, xududlarga o‘rnatilgan EGXU va mexanik GXU lar bo‘yicha monitoring ishlarini olib borish, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olish, ulgurji iste’molchilar bilan tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan oylik tabiiy gaz hajmi qiymatining 100% miqdorida oldindan to‘lovlarini amalga oshirmagan iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan ishlar tashkil etilgan va debitor qarzdorlikning paydo bo‘lishi va qabul qilingan va iste’molchilarga yetkazib berilgan tabiiy gaz xajmlari o‘rtasida tafovutlarni (debalans)ning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda bu borada kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora tadbirlarni belgilangan.
Ulgurji iste’molchilar tomonidan shartnomaviy hajmlar qiymatini oldindan 100% foiz miqdorida to‘lovlarni amalga oshirilishini ta’minlash va aholi xonadonlaridan debitor qarzdorlikni undirish uchun iste’molchilar ro‘yxatini shaklllantirilgan hamda to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilarni gaz tarmog‘idan uzish va hujjatlarni sudlarga taqdim etish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar samaradorligini oshirish choralari ko‘rilgan.
Qabul qilib olingan tabiiy gazning gaz tarmoqlari orqali taqsimotini o‘rganib chiqish va behuda yo‘qotishlarni oldini olishga qaratilgan zarur choralar ko‘rilgan
Aholi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan bir me’yorda ta’minlash maqsadida 3 bosqichdan 2 bosqichga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda


