Paxtakorda "Do'stlik festivali: Qardosh xalqlarning madaniyati va birdamligi"
2025-07-30 11:00:00 / Yangiliklar

Yaxshi kunlarda tinchlik-osoyishtalik, shukronalik kuyi bo'lgan – karnay-surnay sadolari eshitiladi. Bugun esa, doimgidan farqli o'laroq, qardosh mamlakatning go'zal milliy san'atini aks etgan kuy-qo'shiqlari yangramoqda. 30 iyul “Xalqlar do'stligi” kuni munosabati bilan o'tkazilayotgan “Do'stlik” festivalining badiiy qismi Paxtakor tumani “YOSHLAR SAYILGOHI”da bo'lib o'tdi.
Festival davomida xalqlar o'z boy madaniyati, tarixi va milliyligini aks ettiruvchi taqdimotlari bilan tomoshabinlarni hayratda qoldirmoqda. Har bir mamlakat o'ziga xos chiqishlarni namoyish etib, san'at va madaniyat orqali bir-biriga yaqinlashadi.
Qardosh xalqlarni til, madaniyat, din va tarix birlashtirib turadi. Ushbu birdamlik esa "Do'stlik" festivalida yanada mustahkamlanmoqda. Festival doirasida ishtirok etayotgan davlatlar Vatan madhini kuylar ekan, O'zbekiston bayrog'ini ham baland ko'tarishi chinakam do'stlikni va cheksiz hurmatni his qildiradi.
Festivalning badiiy dasturi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.









