Paxtakor tumanida takroriy ekinlar ekilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda
2025-07-29 10:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida takroriy ekinlar ekilishi jadal sur’atlarda davom etmoqda
2025-yil yoz mavsumi – global miqyosda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq tahdidlarning ortib borayotgani, ekologik beqarorlik va iqtisodiy muammolar fonida har bir gektar yer maydonidan oqilona va samarali foydalanishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Ayniqsa, g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekinlarni joylashtirish orqali bozorni arzon va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish imkoniyatini beradi.
Shu maqsadda, Paxtakor tumanida 2025-yil hosili uchun g‘alladan bo‘shagan jami 11 376,0 gektar maydon takroriy ekinlar bilan to‘liq o‘zlashtirilmoqda. Bu jarayonda tumandagi fermer xo‘jaliklari va dehqonlar tomonidan agrotexnik qoidalarga qat’iy amal qilinmoqda.
📊 Takroriy ekinlar tarkibi quyidagicha rejalashtirilgan:
Sabzavot ekinlari – 34,8 gektar
Poliz ekinlari – 308,7 gektar
Kartoshka – 250 gektar
Moyli ekinlar – 4 000 gektar
Dukkakli ekinlar – 5 509,1 gektar
Ozuqa ekinlari – 1 273,4 gektar
Mazkur ekinlar eksportbop, yuqori hosildorlikka ega navlar asosida tanlab olinib, har bir fermer xo‘jaligi tomonidan agrotexnik tadbirlar belgilangan muddatda va sifatli amalga oshirilmoqda.
🚜 Alohida faollik ko‘rsatayotgan ilg‘or fermer xo‘jaliklar:
“Dilfuza paxtasi” fermer xo‘jaligi
“Sunnat nurli” fermer xo‘jaligi
“Bekzod-R” fermer xo‘jaligi
“Nargiz” fermer xo‘jaligi
“Oq paxta boyligi” fermer xo‘jaligi
“Xon saroy bek” fermer xo‘jaligi
“Xasan Xusan dalasi” fermer xo‘jaligi
“Xushbek paxtasi” fermer xo‘jaligi
“Yakdillik dalasi” fermer xo‘jaligi
“Ravon Ravnaq” fermer xo‘jaligi
“Eko manzarasi” fermer xo‘jaligi
“Tozza urug' dalasi” fermer xo‘jaligi
“Damin ota” fermer xo‘jaligi
“Turon xirmoni” fermer xo‘jaligi
“Majnuntol yaprog'i” fermer xo‘jaligi
“Mingchinor faxri” fermer xo‘jaligi
“Nurmat bobo G” fermer xo‘jaligi
“Akmal asl” fermer xo‘jaligi
“Yakka tog' qoyasi” fermer xo‘jaligi
“Master agroteks” fermer xo‘jaligi
Tumanda olib borilayotgan bu kabi tizimli ishlar – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport hajmini oshirish va ichki bozorni narx-navo barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Paxtakorlik dehqon va fermerlar bugungi murakkab iqlim va iqtisodiy sharoitlarda yurtimiz farovonligi yo‘lida o‘zining fidokorona mehnati bilan ulkan hissa qo‘shmoqda.








