Sayyor uchrashuvlardan yana biri Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tdi.
2025-07-17 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.05.2024 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-200-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining Jizzax viloyat shoʻbasi bosh inspektori S.Usmanov Jizzax viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Begiyev, Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i B.Ismailov, Savdo sanoat palatasi viloyat boshqarmasi rahbari B.Umurzoqovlar tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari muammolarini o‘rganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan sayyor uchrashuvlardan yana biri Jizzax viloyati Paxtakor tumanida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Paxtakor va Zafarobod tumanlardagi tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabul jarayonida mas’ul tashkilot rahbarlari tomonidan 22 ta tadbirkorlik sub’yektlari vakillarining mavjud muammolari o‘rganildi.
Jumladan, Paxtakor tumanida faoliyat olib boruvchi "Ijod Lazzati" XK rahbari Shokirov Raxim tomonidan korxonaga tegishli bo‘lgan bino maydoniga quyosh panellarini o‘rnatgan bo‘lib xozirgi vaqtda ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini davlat xisobiga o‘tkazilgan kv uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan tadbirkor xisob raqamiga pul mablag‘i o‘tkazib berilishi muntazam kechiktirib kelinayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati 1 kun ichida ijobiy hal etib berilishi bo‘yicha kelishib olindi.
Shu bilan birga, uchrashuvlarda tadbirkorlik sub’yektlariga amaldagi yangiliklar va qonunchiliklar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berilib, sohaga oid muammolarni yuzaga kelishining oldini olish uchun doimiy muloqot qilib borilishi beligilab olindi.









