Paxtakorda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" o‘quv seminar tashkil etildi
2025-07-12 11:00:00 / Yangiliklar

Рaxtakor tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi va tuman FHDY bo‘limi tomonidan "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash" o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, tuman bosh imom xatibi, tuman targ'ibot guruhi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi, yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi.
Yosh nikohlanuvchilar oilaviy -huquqiy munosabatlar, oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oila mustahkamligi sirlari, muvaffaqiyatli ijtimoiylashish,oilalarda sog‘lom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish, diniy qadriyatlarda oila masalalari hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida o‘qitildi va ularga sertifikatlar berildi




