Paxtakorda Vazirlar mahkamasining 665-sonli qarori ijrosi amalda
2025-07-08 17:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani Buyuk Ipak Yo’li mahallasi hududida Vazirlar mahkamasining 665-sonli qaroriga asosan 1 680 metr ichki yo‘llar asfaltlashtirilmoqda.
Asfaltlash ishlari avvalida oqarsuv va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida suv quvurlari tortildi.
Bu kabi ezgu ishlar xalqimizni uzog‘ini yaqin, mushkulini oson qilishga xizmat qiladi. Loyiha dasturiga ko‘ra, tumandagi ko‘plab mahallalarda shu kabi ishlar amalga oshirilmoqda









