Paxtakorda Uch avlod uchrashuvi bo’lib o’tdi
2025-07-07 11:30:00 / Yangiliklar

“Keksalar haftaligi” doirasida Paxtakor tumani “Suvonobod ”mahalla xududida joylashgan 4-umumta’lim maktabida tashkil etilib, tadbirga mehnat faxriylari, xavaskor yozuvchi, shoirlardan iborat nuroniylar, o‘rta avlod vakillari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Paxtakor tuman bo‘limi raisi Sh.Normaxammatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng mehnat faxriysi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan irrigatir Sh.Anorboyev, Oltinko‘l mahallasi keksalar maslaxati guruxi raisi X.Oltmishovalar ko‘pni ko‘rgan nuroniylar tajribasi yoshlar uchun katta ibrat maktabidir.
Ayniqsa ularning qimmatli pandu nasihatlari, hayot saboqlari yoshlarning shijoati bilan birlashsa, jamiyatni rivojlantiruvchi katta kuchga aylanadi. Qolaversa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlarning mazmun mohiyatini yosh avlodga yetkazishda keksa avlod vakillarining alohida o‘rni borligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Mexnat faxriylari “Uch avlod uchrashuvi”ning mazmun mohiyati, bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, nuroniylar o‘zlarining bilim ko‘nikmalari, boy xayotiy tajribalarini yosh avlod vakillariga o‘rgatish ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
