Paxtakor tumanida 2025-yilning boshidan buyon tuman Adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
2025-06-26 10:00:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumanida 2025-yilning boshidan buyon tuman Adliya bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Paxtakor tumanidagi Oqbuloq, Do`stlik, G`laba, Samarqand va Toshkent MFYlarda “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida quyidagi ijobiy ishlar amalga oshirildi:
- Tashkiliy va amaliy tadbirlar:
- Tashabbus asosida quyidagi choralar amalga oshirildi:
6 ta qonun va va 38 ta standartlarda belgilangan huquqiy normalarning hayotga tadbiq etilishi ahvoli mutasaddi tashkilotlar bilan birga o`rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan quyidagilar amalga oshirildi:
Mahallalar hududidagi maktablar atrofiga yo`l belglari o`rnatildi va piyodalar chiziqlari chizildi(Masalan: tuman adliya bo`limi aralashuvi bilanobodonlashtirish boshqarmasi tomonidan Toshkent MFYdagi 2-sonli maktab atrofiga)
Mahallalardagi maktablarda yong`in xavfsizligi, sanitariya-gigiyena qoidalari bo`yicha ko`rgazmali profilaktik tadbirlar tashkil etildi.
II. Aholi kayfiyatiga ta`sir qiluvchi huquqiy muammolarni o`rganish va hal etish natijalari:
Mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib, 100dan ortiq fuqarolarning turli sohaga oid murojaatlari ko`rib chiqildi va aksariyat murojaatlar joyida hal etilgan va huquqiy tushuntirish berish yo`li bilan qanoatlantirilgan. O`rgamnish talab etiladigan masalalalr ijroga olinib ijobiy hal etilhgan.
Masalan: G`alaba MFYda o`tkazilgan sayyor qabulda fuqaro Maxmudova Marxabo Subxanovna G’alaba MFY Oyqor ko’chasida ichimlik quvuri yorilib, suv chiqiayotganligi, mutasaddi tashkilot tomonidan quvurni ta`mirlanishida anmaliy yordanm so`ragan murojaati bo`yicha ma’sul bo’lgan tashkilot “Jizzax suv ta’minoti” AJ Paxtakor tuman filialiga so’rov xati kiritildi hamda ushbu so’rov xati bo’yicha ichimlik suv tarmog’idan kelib chiqqan barcha nosozliklar to’liq bartaraf etildi.
Uyma-uy yurish va “huquqiy ko`mak”aksiyalarini o`tkazish orqali fuqarolarning kundalik hayotdagi aniqlangan huquqiy muammolarini bartaraf etish choralari ko`rildi.
Masalan: Oqbuloq MFYdagi Yoshlik va Oltin Vodiy ko`chalarida istiqomat qiladigan 350 nafar fuqarolarning murojaatlari asosida, ushbu ko`chalarda elektr bilan bog`liq huquqiy muammosi bartaraf etildi. Jumladan tuman adliya bo`limi taqdimnomasi asosida Paxtakor tumani TET tomonidan ushbu ko`chalar uchun yangi transformator o`rnatilishi ta`minlandi
Oqbuloq, Do`stlik va G`alaba MFYlarda yashovchi 2000 dan ziyod aholi murojatlarida chiqindi bilan bo`glik huquqiy muammolar mavjud bo`lgan. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun uchala MFY va tumandagi “Ekosfera” MCHJ o`rtasida ommaviy shartnoma tuzilishi va o`z vaqtida chiqindilarni “signal” usulida aholi xonadonlaridan olib chiqib ketilishi ta`minlandi.
100 dan ziyod nogironligi bo`lgan shaxslarning mol-mulk solig`I va daromad soliqlardan ozod etilishi ta`minlandi.
Masalan: Toshkent MFY Rudakiy ko`chasi 106-uyda yashovchi Djurayev Ulug`bek Yodgorovich II-guruh nogironligi va nomida ko`chmas mulk mavjud. Ushbu fuqaroning mol-mulk solg`idan imtiyozidan foydalanilishi ta`minlandi. Jumladan Tuman adliya bo`limi so`rov xati asosida tuman soliq inspeksiyasi tomonidan imtiyoz qo`llanildi.
70 nafar ijtimoiy himoya yagona reestrida turuvchi fuqarolarga bepul dori-darmon va tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi ta`minlandi.
Masalan: Oqbuloq MFY Yangiqurg`on ko`chasi 1/2 uyda yashovchi Uralova Muxabbat Xotamovnaga tuman adliya bo`limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmaga kiritilgan taqdimnoma natijasida bepul dori-darmon va tibbiy ko`rikdan o`tkazilishi ta`minlandi.
100dan ziyod fuqarolarning buzilgan mehnatga oid huquqlari tiklanishida amaliy yordam ko`rsatildi.
Masalan: Samarqand MFY Y.Oxunboboyev ko`chasi 64/1 xonadonda yashovchi Kasimova Zarina Kattaqulovnaning avvalgi ishlagan korxonasida mehnat shartnomasi bekor bol`gan bo`lsada, shu kunga qadar ish haqlarini va yakuniy gisob-kitob to`lovklarini olmaganligi, sudga uning manfaatid aariza kiritilishida amaliy yordam so`ragan murojaati, tuman adliya bo`limi tomonidan tegishli tartibda o`rganilib, fuqaro manfaatida fuqarolik ishlar bo`yicha Jizzax tumanlararo sudga ariza kiritilishi ta`minlandi.
Fuqarolarning kadastr hujjatlari bilan bog`li huquqiy muammolari o`z yechimini topishga erishildi.
Masalan: Do`stlik MFY Mustaqillik ko`chasi 4a-uy, 16-xonadonda yashovchi Raximov Hushvaqt Mirzayevichning yu-joyni kadastr hujjatini rasmiylashtirishda amaliy yordam berish haqidagi murojaati, tegishli tartibda o`rganilib, tuman adliya bo`limi DXM aralashuvi bilan davlat kadastrlar palatasi Paxtakor tumani filiali tomonidan ko`chmas mulk kadastr pasporti va davlat r`oyxatoidan o`tkazilganligi haqida reestrdan k`ochirma berilishi ta`minlangan.
Fuqarolarning FHDY bilan bog`liq huquqiy muammolari bartaraf etildi.
Masalan: Samarqand MFY Ulug`bek ko`chasi 42a-uy 3-xonadonda yashovchi To`ymatov Omon Ochil o`gli oila tarkibini shakllantirish bilan bog`liq huquqiy muammosi, FHDYo tomonidan o‘rganilib, “FHDY ning yagona elektron arxivi” axborot tizimida o`lim dalolatnoma yozuvidagi JSHSHIR raqamida xatolik tizimda bartaraf qilindi.
Toshkent mahallasida yashovchi 300 dan ziyod fuqarolarning tomorqalarida ekilgan ekinlarni su`gorish uchun suv yetishmovchiligi bilan bo`gliq muammo o`rganilib, tegishli tartibda tuman adliya bo`limi so`rov xati asosida Paxtakor tumanidagi “Suv yetkazib berish” DM tomonidan ushbu muammo bartaraf etilib, aholi tomorqalariga suv yetkazilishi yo`lga qo`yildi.
Fuqarolar va tadbirkorlarning 1338ta muammolari hal etildi.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” tamoyili asosida hujjati bo`lmagan(tug`ilish, nikoh, o`lim, kadastr hujjati va boshqalar) 59 nafar fuqarolarga hujjatlar rasmiylashtirib berildi
Masalan: Paxtakor tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi tomonidan 21.09.2020 yilda Rossiya Federatsiyasida tug'ilgan Usmankulova Sevinch Bekzodovnaga nisbatan otalik belgilanib. Rossiya Federatsiyasidan tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olib berildi.
Uyma-uy yurilgan holda aholiga 150ta (146 ta davlat xizmatlari, 2ta FHDY xizmatlari, 2ta notarius xizmatlari) sayyor tartibda davlat xizmatlari ko`rsatildi
- . “Mahalla yettiligi” va mahalla hududidagi tashkilotlar faoliyatini metodik jihatdan ta`minlash sohasida:
- “Mahalla yettiligi” faoliyatida yagona huquqni qo`llash amaliyotini yo`lga qo`yish borasida metodik yordam ko`rsatildi. Jumladan:
Mahalladagi 4ta komissiyaning yagona tarkibi ishlab chiqiqldi, ularning 12 turdagi yig`ilish bayonnomalarining namunaviy shakllari tayyorlab berildi(Masalan:
14 ta komissiya va Kengashlarning Nizomlari, 7ta mansab yo`riqnomalari(mahalla yettiligining har bir a`zosi uchun) va 1ta huquqiy peshlavha, 5ta namunaviy hujjatlarloyihalari ishlab chiqildi.;
Faoliyatda foydalanish uchun 10 turdagi yig`ma jildlar(nomenklatura) shakllantirildi;
- Quydagi yo`nalishlarda o`quv seminarlari tashkil etildi:
Mahalla yettiligi uchun “kambag`allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo`yicha;
Tumandagi yoshlar yetkachilari hamda xotin-qizlar faollari ishtirokida ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalar bo`yicha;
- Mahalla hududidagi maktablar faoliyatiga doir ichki namunaviy hujjatlar(jamoa shartnoma, ichki mehnat tartib qoidalari ishlab chiqilib, maktablar ma`muriyatiga yetkazildi.
IV. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
fuqarolarning fundamental huquqiy bilim darajasi baholashdan o`tkazildi;
mahallalardagi 150 nafar fuqarolarning huquqiy bilimlari baholashdan o`tkazilib, natijasiga k`ora, ularning huquqiy bilim darajasi o`rtacha 45 foizni tashkil etdi.
Masalan:G`alaba,Do`stlik va Samarqand MFYlarda da fuqarolar bilan uchrashib huquqiy bilimlari baholashdan o`tkazilganligi haqida fotolavha) mahallalarda “huquqiy targ`ibot kuni “ o`tkazildi;
707ta xonadonda yashovchi fuqarolarga uyma-uy yurgan holda huquqiy tushuntirish berildi va 1200ta buklet, flayer va infografikalar tarqatildi;
25ta nogironligi mavjud bo`lgan fuqarolar, 70 nafar ijtimoiy himoya yagona reestridagi fuqarolarning holidan habar olinib, qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va huquqlari tushuntirildi
Otkazilgan targibot tadbirlariga jami 2189 nafar aholi jalb etilib, mingdan ortiq targ`ibot materiallari tarqatildi;
huquqiy bilimlarni oshirish borasida bir qator tadbirlar o`tkazildi:
Tumandagi Toshkent MFY hududida joylashgan tibbiyot birlashmasi binosida 75 nafar tibbiyot xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar va imtiyozlar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.;
Аaholining davlat xizmatlaridan foydalanish borasidagi bilimlari oshirildi:
Mahallalalrdagi maktablarda “my.gov.uz” va “id.egov.uz” platformasidan foydalanish bo`yicha seminarlar o`tkazildi;
Uyma-uy yurgan holda aholiga “my.gov.uz” va “id.egov.uz” platformasi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari tushuntirildi;
Masalan:
V. Qonunlar va standartlashtirish normalarining bajarilish holati tahlil qilindi.
Mahallalar huddidagi holining kundalik turmush tarziga ta`sir qiluvchi 6ta qonunning samaradorligi resurs, amaliyot va natijadorlik ko`rsatkichlari asosida baholashdan o`tkazildi.
Baholash natijalari qonunlarning ijrosi mahallalarda qoniqarsiz darajada ishlayotganligi ko`rsatdi.
xususan, qonunlarning natijadorlik ko`rsatkichi quyidagicha:
“Chiqindilar to`g`risida”gi qonun 20 foizni;
“Tomorqa xo`jaligi to`g`risida”gi qonun 40 foizni;
“Ko`chmas mulkka bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatidan o`tkazish to`g`risida”gi Qonun 47 foizni;
“Nogironligi bo`lgan shaxslarning huquqlari to`g`risida”gi Qonun moddiy yordam ajratish bo`yicha 52 foizni, tibbiy yordam k`orsatish bo`yicha 62 foizni;
“Keksalar, nogironligi bo`lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun “ijtimoiy xizmatlar to`g`risida”gi Qonun 47 foizni;
Soliq kodeksida belgilangan yer solig`I imtiyozining qo`llanilishi bo`yicha 44 foiz, mol-mulk solig`I imtiyozi qo`llanilishi 55 foizni tashkil etishi aniqlandi
Bundan tashqari, 13ta standartlashtirish normalarining bajarilish holati tahlil qilindi va ularning amalda ishlash samaradorligi baholandi.




