Paxtakor tumanida fuqaro murojaatlari xonadonbay o’rganilmoqda
2025-06-25 16:30:00 / Yangiliklar

Paxtakor tumani, “Toshkent” mahallasidagi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining deputati M.O‘razaliyeva “Toshkent” mahallasida saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-9 aprelda Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Do‘stlik tajribasi asosida viloyatning qolgan tumanlarida 2 mingga yaqin eski uylar o‘rnida 50 ming xonadonli zamonaviy uylar qurish bo‘yicha bergan topshiriqlarining mazmun-mohiyatini haqida saylovchilarga targ‘ibot ishlari o‘tkazdi.
Bundan tashqari Renovatsiya dasturiga tushgan respublikada 17 mingta eski uylar mavjudligi, ulardagi sharoit, muhit bugungi zamonga munosib emasligi, elektr, gaz, suv va boshqa infratuzilmalar eskirganligi, ko‘plarida oqova tarmog‘i ham mavjud emasligi taʼkidlanib, o‘rnida zamonaviy uylar qurilsa, hozirgidan 3 barobar ko‘p aholi joylashishi maʼlum qilindi.
Renovatsiya dasturi 3 bosqichda amalga oshirilishi birinchi bosqichda shahar va tumanlarda renovatsiyaga mos hudud tanlanib, loyiha ishlab chiqilishi, ikkinchi bosqichda renovatsiya dasturi hududiy va respublika kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilishi, uchinchi bosqichda uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilishi tushuntirildi.
Renovatsiyaga tushgan hududning iqtisodiy salohiyati ham oshishi, yangi uylarning 1−2-qavatlarida savdo, xizmat kursatish va kichik ishlab chiqarishlar bo‘lishi, bu tizim orqali Respublikada 20 ming gektar yer tejalishi hisob-kitob qilinganligi xususida tushunchalar berildi


